2 yanvar dam olish kuni deb e`lon qilindi

O'zbekistonda 2 yanvar kuni dam olish kuni bo'ladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni 2017 yil 2 yanvarni dam olish kuni deb e`lon qilish to'g'risidagi farmoyishini imzoladi.

 

    «Fuqarolar va respublika jamoat tashkilotlarining ko'plab murojaatlarini hisobga olib, dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hamda yangi 2017 yil nishonlanishi munosabati bilan: 2017 yil 2 yanvar – dushanba dam olish kuni deb e`lon qilinsin», deyilgan farmoyishda. 

O'zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi

O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasi qisqa davrdagi faoliyati davomida aholining eng dolzarb muammolarini hal etish imkonini beruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruvi, xo'jalik boshqaruvi organlari, barcha darajadagi hokimiyatlar bilan fuqarolar o'rtasidagi hamkorlikning samarali mexanizmiga aylandi.

Batafsil: O'zbekistonning barcha shahar va tumanlarida Prezident Xalq qabulxonasi ochiladi




Sayt materiallaridan foydalanganda Qashqadaryo
viloyati Ichki Ishlar veb saytiga manba
sifatida ko‘rsatilishi shart.

Obuna bo'lish

Sayt yangiliklaridan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun sayt yangiliklariga obuna bo'ling