Qo'riqlash xizmati

Qo‘riqlash xizmati

Umumiy ma’lumotlar

Xizmat ko‘rsatish turlari

Mulkchilikning shaklidan qa’tiy nazar shartnomaga asosan yuridik va jismoniy shaxslarga qo‘riqlash xizmati turlarini ko‘rsatish, obe’ktlar, davlat va boshqaruv organlari hamda moddiy qimmatliklarni qo‘riqlashni ta’minlash.

 

Ko‘rsatilayotgan xizmat turlari

Qo‘riqlash xizmati

Xizmat ko‘rsatiladigan toifalar

Xizmat yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘rsatiladi

Xizmatni amalga oshiradigan Ichki ishlar boshkarmasi bo‘limlari

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi, Alohida militsiya otryadlari va Alohida militsiya batalionlari shuningdek, hududiy bo‘limlari.

Aloqalar

Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi.

Qarshi shahar O‘zbekiston ko‘chasi 46-uy, telnfon 223-14-60, faks 223-10-66.

Hujjatlar

-Qo‘riqlash xizmatidan foydalanish uchun talab qilinadigan hujjatlar (nusxalari, soni ko‘rsatilgan holda)

Yuridik shaxslar uchun:

Yuridik shaxslardan texnik qo‘riqlov punkiti yoki «chaqiruv tugmasi»ni qo‘riqlash uchun «qo‘riqlovga qabul qilish xakida Quriqlash boshkarmasi rahbari nomiga xat, tashkilot rahbarining fuqarolik pasporti, rahbarning lavozimga tayinlash haqidagi buyruq nusxasi, lesenziya va nizom nusxalari.

Jismoniy shaxslardan uchun texnik qo‘riqlash punkitiga qo‘riqlovga ularning uy-joy va mulklarini qo‘riqlovga qabul qilish uchun: Quriqlash Boshqarmasi boshlig‘i nomiga qo‘riqlovga qabul kilish uchun ariza, fuqarolik pasporti va uy joyga egalik huquqini bildiruvchi hujjatlar.

Xizmat ko‘rsatishning huquqiy asoslari

Respublika Qo‘riqlash boshkamasini “O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi «Qo‘riqlash» birlashmasiga aylantirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01.03.1993 yildagi №110-sonli Qarori.

To‘lovlar va to‘lov muddati

Narxlar va to‘lov xizmati tartiblari

Fuqarolarning uy-joy va mulkni ko‘riqlovga olish xizmati to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqlarini oshirish haqidagi Farmonini inobatga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan belgilangan narx «tarif»lar haqidagi deklaratsiyaga asosan baholanadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan quriqlash xizmati uchun to‘lovlar naqd va pul ko‘chirish yo‘li bilan Qoraqolpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Quriqlash boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB va viloyat IIB huzuridagi Quriqlash boshqarmalari, bo‘limlarida amalga oshiriladi.

Yuridik shaxslar tomonidan qo‘riqlash xizmati uchun to‘lovlar Qoraqolpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Quriqlash boshqarmasi, Toshkent shahar IIBB va viloyat IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshkarmalari, bo‘limlari xisob raqamlariga amalga oshiriladi.

Xizmat ko‘rsatish muddatlari

Qo‘riqlovga olish va qo‘riqlovdan chiqarish ikki tomonlama tuzilgan shartnoma imzolangandan so‘ng amalga oshiriladi.





Sayt materiallaridan foydalanganda Qashqadaryo
viloyati Ichki Ishlar veb saytiga manba
sifatida ko‘rsatilishi shart.

Obuna bo'lish

Sayt yangiliklaridan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun sayt yangiliklariga obuna bo'ling