Yong'in xavfsizligi

Yong‘indan avtomatik ravishda xabarlash va quriqlash qurilmalarini loyixalash, jihozlash, sozlash, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olish tug‘risida.

    Yong‘indan avtomatik ravishda xabarlash va quriqlash qurilmalarini loyixalash, jihozlash, sozlash, ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish.

    O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

    Murojat uchun:
    Qashqadaryo viloyati IIB YOXB boshqarmasi Manzil Qarshi shahar A.Navoiy kuchasi № 42 uy

    -Kerakli xujjatlar,

    Litsenziya berish to‘g‘risidagi ariza (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri nomiga), unda quyidagilar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-xuquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank muassasasidagi hisob raqami, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) yuridik shaxs tomonidan amalga oshirilishi mo‘ljallangan turi.

    O‘zbekiston Respulikasi Vazirlar Maxkamasining 2004 yil 22 martdagi 136-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, quriqlash qurilmalarini loyixalash, jixozlash, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizomga asosan amalga oshiriladi.

    Litsenziya berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining bir barobari miqdoridagi to‘lov topshiriqnomasi Toshkent shaharidagi O‘zR markaziy bankining hisob kassa markaziga.

    Davlat boji to‘langanligi haqida to‘lov topshiriqnomasining nus’hasi, litsenziya olish uchun eng kam ish haqining o‘n barobari miqdorida tulovi.

    Mutaxasisslarning malaka tarkibi to‘g‘risidagi tegishli xujjatlar, jadvalda keltirilgan (mahnat daftarchasining, ma’lumoti yoki maxsus tayyorgarligi to‘g‘risidagi xujjatlarning, sudlanganligi haqida IIB axborot markazi ma’lumotlarining nus’halari va pasport kopiyalari) ilova ruyxati.





Sayt materiallaridan foydalanganda Qashqadaryo
viloyati Ichki Ishlar veb saytiga manba
sifatida ko‘rsatilishi shart.

Obuna bo'lish

Sayt yangiliklaridan birinchilardan bo'lib xabardor bo'lish uchun sayt yangiliklariga obuna bo'ling